Muddatli to‘lov shartlarida xarid qilingan smartfonda aniqlangan nuqson tufayli tovar sotuvchiga qaytarildi
Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Uchko‘prik» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi D.U.ning xarid qilingan muddatli to‘lov shartlarida xarid qilingan tovar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tuman Adliya bo‘limiga qilgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi tumandagi «Texnomart» savdo do‘konidan, «AXIOM PLAN OOO» bilan 2025 yilning may oyida imzolangan shartnoma asosida, shartnoma qiymati 5 019 000 so‘m bo‘lgan Vivo Y28 8/256 Gb Gleaming Orange rusumli smartfonni muddatli to‘lov shartlarida xarid qilgan. Smartfondan foydalanishi jarayonida nosozliklar kuzatilgach ushbu masalada qonuniy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat tuman jamiyatiga kelib tushgandan so‘ng, mazkur masalada sotuvchiga so‘rov xati kiritilib, o‘rganish ishlari davom ettirildi. Uning yakunlariga ko‘ra, mahsulotda haqiqatan ham nuqson mavjudligi aniqlanib, tomonlar shartnomani bekor qilish haqida qarorga keldilar hamda iste’molchi tomonidan muddatli to‘lov shartlari asosida sotuvchiga to‘lagan 419 000 so‘m pul mablag‘ini uning bank plastik kartasiga qaytarildi.
Sardorbek Mirzajonov,
jamiyat raisi.
(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi)
Отправить комментарий