Hududiy birlashma Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Hududiy birlashma Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimidagi tashkilotlarning 2025 yil birinchi yarim yilligi davomidagi faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Federatsiya rais o‘rinbosari — ijrochi direktor Jamshid Xusenovich Hamroyev videokonferensaloqa tarzida ishtirok etdi.

Yig‘ilish o‘z ishini Federatsiya Kengashining joriy yil 15 iyuldagi navbatdagi majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar muhokamasidan boshladi. Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tushuntirish, tavsiya va ko‘rsatmalardan so‘ng kun tartibining boshqa masalalari muhokamasiga o‘tildi.

Ta’kidlandiki, hisobot davrida hududiy birlashma tizimidagi tashkilotlar tomonidan 329 ta og‘zaki hamda 628 ta yozma huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Bularga qo‘shimcha ravishda, amalga oshirilayotgan ishlardan keng jamoatchilikning xabardorligini ta’minlash maqsadida, tasdiqlangan media-tadbirlar rejasi asosida 6 ta brifing va 2 ta ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Tizim tashkilotlariga iste’molchilardan kelib tushgan 423 ta murojaatlarninng 409 tasi yoki 96,7 foizi to‘liq o‘rganib chiqilishi natijalariga ko‘ra, 1 mlrd 169 mln 102 ming 636 so‘m mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilib, mazkur mablag‘larning 407 mln 891 ming 845 so‘mini sud idoralariga kiritilgan da’vo arizalari ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra iste’molchilar foydasiga undirilgan moddiy va ma’naviy zararlar summalari tashkil etdi.

Hisobot davrida 13 ta jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazilib, “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari orqali 491 nafar iste’molchilarga sohaga oid bo‘lgan turli masalalarda bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullar va tegishli tuman (shahar) jamiyati raislarining axborotlari eshitildi, ularga faoliyatlari bo‘yicha tegishli tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berildi hamda yig‘ilish yakuniga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilindi.

Отправить комментарий