Gaz hisoblagichni to‘g‘ri ishlashiga xalaqit qilib turgan nuqson bartaraf etib berildi
Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Yangiqishloq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi M.A.ning xonadoniga o‘rnatilgan gaz hisoblagich uskunasidagi muammo bilan bog‘liq masalada Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida gaz hisoblagich uskuna iste’mol qilingan gaz hajmini oyma-oy bazaga uzatmayotganligi, mazkur nusonni bartaraf etib berishlarini so‘rab tuman gaz idorasiga murojaat qilganligi, lekin bundan natija chiqmayotganligini ma’lum qiladi.
Tuman jamiyati mutaxassisi tomonidan murojaatda keltirilgan vajlarga aniqlik kiritib olingandan so‘ng mazkur masalada tuman gaz idorasiga so‘rov xati kiritildi. Ushbu asosda o‘tkazilgan o‘rganishlarda esa nuqson hisoblagichning sim kartasi bilan bog‘liqligi aniqlanib, uni almashtirilishi bilan hisoblagichni to‘g‘ri ishlashiga xalaqit qilib turgan nuqson bartaraf etildi.
Sardorbek Mirzajonov,
jamiyat raisi.
Отправить комментарий