Buyurtmani bajarish ishlarini kechiktirilishi iste’molchiga neustoyka (penya) to‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin

Buyurtmani bajarish ishlarini kechiktirilishi iste’molchiga neustoyka (penya) to‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin

Yozyovon tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Qoratepa» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi O.O.ning chevar tomonidan olingan buyurtmani o‘z vaqtida bajarish ishlari paysalga solinayotgani to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi 90 000 so‘mga material sotib olib, ayollar ko‘ylaklarini bichish va tikish faoliyatini amalga oshirib kelayotgan chevar X.Z.ga materialdan o‘ziga ko‘ylak tikib berishni buyurtma qilgan. Tomonlar buyurtma 2 kun davomida bajarib berilishiga kelishganlar. Belgilangan muddat kelganida chevarxona tashrif buyurgan iste’molchi buyurtma tayyor bo‘lmaganligini ko‘rib, o‘zining bu boradagi e’tirozlarini bildirgan, ijrochi (chevar) buyurtma yana 3-4 kun ichida tayyor bo‘lishini ma’lum qilganidan so‘ng, ushbu masalada tuman jamiyatiga murojaat qilgan.

Amaldagi qonunchiilkka ko‘ra, agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli. Shuningdek, ish bajarishni boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda, ijrochi iste’molchiga har bir kechiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan bo‘lsa) uchun ish (xizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatini (agar uning qiymati alohida belgilanmagan bo‘lsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi. Murojaat o‘rganilishi jarayonida ijrochiga qonunning mazkur talablari tushuntirilishi bilan ijrochi buyurtmani bajarishga kirishib, shu kunni o‘zida iste’molchiga tayyor holda topshirdi.

Shavkatjon Saidov,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий