Iste’molchi yuzaga kelgan real qarzdorlik summasini to‘laydigan bo‘ldi
Toshloq tumani «Quyi Yakkatut» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi X.N. “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Toshloq tuman filiali xodimlari tomonidan xonadonidagi mavjud suv hisoblagich uskunasi bazaga kiritilmaganligi aytilib, iste’mol ko‘rsatkichlari kishi boshiga hisoblanishi va 2 700 000 so‘m to‘lov qilishi talab qilinayotganligini, mazkur holatga aniqlik kiritilib, muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qoldirgan.
Murojaatni o‘rganishda Toshloq tuman jamiyati tomonidan ichimlik suv ta’minoti korxonasiga so‘rov xati kiritildi. Uning asosida olib borilgan o‘rganish ishlari davomida xonadondagi suv ta’minoti, suv hisoblagichga oid hujjatlar, iste’molchining oilaviy sharoiti o‘rganildi hamda suv hisoblagich ko‘rsatkichlari asosida qayta hisob-kitob ishlari o‘tkazildi. Suv hisoblagich ko‘rsatkichi 179 metr kub holatida bazaga kiritildi va tamg‘alandi. O‘rganishlar yakuni bilan abonentning ta’minotchi korxona oldidagi real qarzdorligi 500 000 so‘mni tashkil qildi va ushbu qarzdorlik summasi iste’molchi tomonidan bartaraf qilindi.
Husnidaxon Yakubova,
jamiyat mutaxassisi.



Отправить комментарий