Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining 9 oylik faoliyati yakunlari yuzasidan kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining 9 oylik faoliyati yakunlari yuzasidan kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Hududiy birlashma Kengashining navbatdagi yig‘ilishida hisobot davrida olib borilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasiga oid qabul qilingan so‘nggi normativ hujjatlar, Federatsiya Kengashining 15.10.2025 yildagi majlisi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriq, tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Ta’kidlandiki:

2025 yilning o‘tgan 9 oyi davomida Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va huquqiy madaniyatni oshirish yo‘lida samarali faoliyat olib bordi.

  • 182 ta o‘quv seminari va 252 ta davra suhbati tashkil etildi.
  • Radio va televidenieda 60 dan ortiq chiqishlar amalga oshirildi.
  • 1000 dan ziyod maqola va materiallar e’lon qilindi.
  • Hisobot davrida 673 ta murojaat ko‘rib chiqilib, shulardan 95,9% o‘z vaqtida hal qilindi.
  • Natijada iste’molchilar foydasiga 1,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi.
  • Sudlarga 14 ta da’vo arizalari kiritilib, iste’molchilar foydasiga 409 mln so‘mdan ortiq moddiy va ma’naviy zararlar undirildi.
  • “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari orqali 1 558 nafar fuqaroga bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi.
  • Bozor va xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida 15 ta jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.
  • Hududiy birlashma tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Yig‘ilish joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejalari asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqboldagi vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qildi va o‘z ishini yakunladi.

Отправить комментарий