Bo‘lg‘usi tibbiyot xodimlari ishtirokida sifat haftaligi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Bo‘lg‘usi tibbiyot xodimlari ishtirokida sifat haftaligi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

«Butunjahon sifat kuni» munosabati bilan Raqobat boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati va hududiy birlashma xodimlari hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirlar Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti talaba va o‘qituvchilari ishtirokida davom ettirildi.

 

Tadbirda mutaxassislar tomonidan sifat tushunchasining mohiyati, mahsulot va xizmatlar sifatini ta’minlashda korxonalarning mas’uliyati, iste’molchining erkin tanlov huquqini amalga oshirish jarayonida maqbul sifatli tovarlarni tanlash va xarid qilish, ushbu jarayonda esa xarid qilinayotgan tovarlarning vazni, butligi, sifati va narxini tekshirib olish huquqlaridan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish, ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish kabi masalalarda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarda iste’molchilik huquqiy madaniyatini rivojlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishida sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)lar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitining muhim ahamiyati va rolini tushuntirish, shuningdek yoshlarda iste’molchi sifatidagi huquqlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish ishiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Отправить комментарий