Iste’molchining xonadoni fasad qismini ta’mirlashga sarflagan mablag‘ summasi BSK oldidagi qarzdorligini bartaraf qilishda asos qilib olindi

Iste’molchining xonadoni fasad qismini ta’mirlashga sarflagan mablag‘ summasi BSK oldidagi qarzdorligini bartaraf qilishda asos qilib olindi

Farg‘ona tumanilik iste’molchi J.G.ning ko‘p kvartirali uyning o‘zi yashab turgan qismi fasad qismini ta’mirlash ishlarini olib borganligi va ana shu ishlarni amalga oshirish uchun o‘z hisobidan sarflangan mablag‘ summasini mazkur ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) oldidagi qarzdorligini bartaraf qilishga asos qilib olinishi masalasida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman prokuraturasiga qilgan murojaati Federatsiyaning Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

Iste’molchi o‘rganishga o‘zi tomonidan xonadonning fasad qismini ta’mirlash uchun 2 420 000 so‘m mablag‘ sarflagani va bu holatga asos bo‘lib xizmat qiluvchi o‘zi va qo‘shnilari ishtirokida tuzilib, u istiqomat qiluvchi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomani ham taqdim qildi. Shundan so‘ng ushbu masalada boshqaruv servis kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi.

«Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi qonun (07.11.2019-y. O‘RQ-581)ga ko‘ra, ayrim hollarda umumiy yig‘ilish mulkdorlar majburiy badallarining yoki to‘lovlarining bir qismini kiritishning pul shaklini, ariza beruvchining yozma bildirishnomasi va umumiy yig‘ilishning bayonnomasi asosida ularning umumiy xarajatlardagi ishtirokining boshqa turlariga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Shu asoslarda, shuningdek ta’mirlash ishlari olib borilganligini tasdiqlovchi dalolatnomani ham inobatga olinib, iste’molchining «Nurziyo xizmat» BSK oldidagi qarzdorligi bartaraf qilindi.

Abror Isaqov,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий