Sifatiga shubha bildirilgan bolalar bo‘tqasi savdodan olindi

Sifatiga shubha bildirilgan bolalar bo‘tqasi savdodan olindi

Qo‘shtepa tumanida yashovchi D.K. Marg‘ilon shahridagi savdo do‘konidan farzandi uchun sotib olgan bolalar bo‘tqasi mahsulotining sifati yuzasidan hududiy tegishliligi bo‘yicha shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgandi. Murojaat asosida unda ko‘rsatib o‘tilgan do‘kondan xuddi shu savdo markasidagi bo‘tqadan xarid qilinib, iste’molchi qo‘lidagi mahsulot bilan birgalikda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati laboratoriyasiga topshirildi. Natija esa namunalardan bittasi omborxona zararkundalari bilan zararlangani va iste’molga yaroqsizligini ko‘rsatdi.

Laboratoriya xulosasi olingunga qadar mahsulotni sotmasdan sotuvdan olib turgan sotuvchi, unga laboratoriya xulosasi taqdim qilingandan so‘ng, iste’molchiga keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘rab, har bir qutisi 18 000 so‘mdan, umumiy qiymati 368 000 so‘m bo‘lgan 23 quti, Rossiyada ishlab chiqarilgan «Uvelka» suli yormasi bolalar bo‘tqasini savdodan olib tashlagani haqida yozma ma’lumot taqdim qildi.

Murojaatni o‘rganish davomida tomonlarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti olib borildi.

Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.

Отправить комментарий