Ta’lim maskanlari pedagog xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan ish reja asosida 2-sonli Tibbiyot texnikumi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 414-sonli qarori targ‘iboti yuzasidan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
“2026 yil barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi” mavzusida o‘tkazilgan mazkur tadbirda ishtirokchilarga jamiyat mutaxassislari tomonidan tayyorlangan slayd asosida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifa va yo‘nalishlar hamda ularni ijrosini ta’minlashda jamoatchilikning ishtiroki masalalarida atroflicha fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi. Tadbir doirasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashda jamoatchilikning tutgan o‘rni va roli, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini olib borish, bu borada davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarining o‘rni va ahamiyati masalalarida ham fikr-mulohazalar va takliflar o‘rtaga tashlandi.
Shahar jamiyati tashabbusi bilan xuddi shunday tadbir Marg‘ilon Turizm va madaniy meros texnikumi xodimlari o‘rtasida ham o‘tkazilib, ishtirokchilarning tadbir mavzusi va sohaga oid savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.
Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.



Отправить комментарий