Bo‘lg‘usi tibbiyot xodimlari bilan 15-mart — «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni» arafasida uchrashildi
Har yili 15-mart dunyoda «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni» sifatida keng nishonlanadi. Chunki yer yuzidagi barcha insonlar yoshi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar iste’molchi hisoblanadi. Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’tirof etilgan bo‘lib, 1980-yillardan buyon keng nishonlanib kelinmoqda.
O‘zbekistonda ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Konstitusiya hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bu sohaning huquqiy asosini belgilab bergan.
Shu munosabat bilan, hududiy birlashma hamda Raqobat boshqarmasi hamkorligida, Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot institutida ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, unda talabalarga iste’molchilik ijtimoiy harakatining kelib chiqish tarixi, bu boradagi qonunchilikning yuzaga kelishi, iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga murojaat qilish tartiblari hamda sohadagi qonunchilik yangiliklari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.



Отправить комментарий