Farg‘onada «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

Farg‘onada «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan xalqaro sana — «15-mart — Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»ga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirlar tizimli davom ettirilmoqda.

Uchko‘prik tumani

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tashabbusi bilan hududdagi 1 va 2-politexnikumlarda «Barchamiz — iste’molchimiz» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda o‘quvchi yoshlarga iste’molchilar huquqlarini hioya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning fuqarolik jamiyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, qonunlarni o‘qish, o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish ishida yoshlarning tutgan o‘rni va roli, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda yoshlarning ishtiroki, olingan huquqiy bilimlarni «tengdosh-tengdosh»ga tamoyili asosida o‘z tengqurlariga yetkazish kabi masalalar muhokama qilindi.

Qo‘shtepa tumani

Qo‘shtepa tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari o‘rtasida tashkillangan tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 15-mart kunini “Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni” deb e’tirof etilishi tarixi, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va taraqqiyoti, bu boradagi qonunchilik hamda uning ijrosiga mas’ul davlat va nodavlat tashkilotlarining vazifalari, iste’mol sohasiga oid muammolarga duch kelinganda ularga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Furqat tumani

Furqat tumanidagi 51-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillangan tadbir doirasida iste’molchilik ijtimoiy harakati tarixi va taraqqiyoti, O‘zbekiston Respublikasida bu boradagi qonunchilikni vujudga kelishi hamda xalqaro huquq normalarini e’tirof etilishi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining mazkur jarayonlardagi ishtiroki masalalarida so‘z yuritilib, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar ham berib o‘tildi.

Отправить комментарий