Ta’lim maskanlari bilan hamkorlikni yanada yaxshilash yo‘lida
Farg‘ona viloyatida ta’lim maskanlarida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlarning iste’mol sohasiga oid qonunchilik asoslaridan, shuningdek sohaga daxldor idoralar tomonidan olib borilayotgan ishlardan xabardorligini ta’minlash yo‘nalishidagi targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari davom ettirilmoqda.
Beshariq tumani
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari hududdagi 3 va 10-umumta’lim maktablarida mehnat jamoasi a’zolari bilan uchrashib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordilar. Tadbirlarda iste’molchilik sohasiga oid muammolarini tezkor va samarali hal etib borish uchun ularni iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etib borishga chaqirilib, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, sohaga oid qonunchiilk ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchiilk nazorati tadbirlari yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.
Bag‘dod tumani
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi 35 va 36-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir doirasida amaldagi qonunchilik asoslari, iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, o‘z huquqlaridan samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, tizim tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunlari bilan ta’lim muassasalarida tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.



Отправить комментарий