Issiqlik ta’minotidagi kamchiliklar: iste’molchi qarzdorlikdan ozod qilindi
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M. S. manfaatlarini himoya qilish yuzasidan sud tartibida ko‘rib chiqilgan ish iste’molchilar huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur ishda fuqaro tomonidan issiqlik ta’minoti xizmati sifatsiz ko‘rsatilgani sababli hisoblangan qarzdorlikni bekor qilish talabi ilgari surildi.
Ish hujjatlariga ko‘ra, fuqaroga 2026 yil fevral holatiga ko‘ra 1 297 733 so‘m asosiy qarz va 413 298 so‘m penya hisoblangan. Biroq da’vogar tomonidan issiqlik ta’minoti belgilangan talablarga javob bermagani, xonadon yetarlicha isitilmagani va bu holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilgani ta’kidlangan.
Sud jarayonida ish materiallari atroflicha o‘rganilib, kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalari hamda amaldagi qonunchilik normalari tahlil qilindi. Xususan, qoidalarga ko‘ra, yetkazib beruvchi tashkilot issiqlik energiyasini belgilangan sifat va parametrlarda yetkazib berishga majbur hisoblanadi. Agar xizmat sifatsiz ko‘rsatilsa, iste’molchiga yetkazilmagan xizmatlar uchun to‘lov qayta hisob-kitob qilinishi lozim.
O‘rganishlar natijasida 2025 yil noyabr–dekabr oylari hamda 2026 yil yanvar–fevral oylarida issiqlik ta’minoti yetarli darajada amalga oshirilmagani tasdiqlandi. Shu asosda sud tomonidan mazkur davr uchun hisoblangan qarzdorlik va penya asossiz deb topildi.
Yakuniy qarorga ko‘ra, sud iste’molchi M.S. manfaatida kiritilgan da’vo arizasini qisman qanoatlantirish haqidva qaro qabul qildi. Unga ko‘ra, iste’molchi 486 206 so‘m asosiy qarz va 58 344 so‘m penya, jami 544 550 so‘m miqdoridagi qarzdorlikdan ozod qilindi. Shuningdek, ishni sudda ko‘rilishi bilan bog‘liq davlat boji xarajatlarini javobgar tashkilot hisobidan undirilishi belgilandi.



Отправить комментарий