Сhiqindi uchun to‘lov qiluvchi shaxs nimalarni bilishi kerak?

Сhiqindi uchun to‘lov qiluvchi shaxs nimalarni bilishi kerak?

Chiqindini olib chiqib ketish xizmati uchun to‘lov qilamiz. Ammo to‘lov miqdori qanday hisoblanadi? Xizmat qaysi grafik asosida ko‘rsatiladi? Chiqindi mashinasi belgilangan vaqtda kelmasa, nima qilish kerak?

Eng muhimi — iste’molchi nimalarni tekshirib turishi kerak?

Esda tuting:

— Tarif — qancha to‘layapman?
— Shaxsiy hisob — necha kishi hisobga olingan?
— Grafik — xizmat o‘z vaqtida ko‘rsatilayaptimi?
— To‘lov — to‘lov hujjatlari saqlanganmi?

Aholiga chiqindi xizmatlari ommaviy shartnoma asosida ko‘rsatilishi mumkin. Alohida qog‘oz shartnoma imzolanmagan bo‘lsa ham, iste’molchi shartnoma shartlari bilan tanishish huquqiga ega.

Xizmat belgilangan grafik asosida ko‘rsatilishi kerak. Agar grafik buzilsa — holatni qayd eting, xizmat ko‘rsatuvchiga murojaat qiling va zarur bo‘lsa, yozma yoki elektron murojaat orqali muammoni rasmiy qayd ettiring.

TO‘LOV — MAJBURIYAT.
SIFATLI XIZMAT — HUQUQ!

Videoni tomosha qiling va chiqindi xizmati bo‘yicha o‘z huquqlaringizni bilib oling!

Отправить комментарий