Yozyovon tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat sarhisob qilindi

Yozyovon tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat sarhisob qilindi

Yozyovon tumanidagi Axborot-kutubxona markazida tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman jamiyatining 2021–2025 yillardagi faoliyati natijalari muhokama qilinib, hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, iste’molchilar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda huquqiy targ‘ibot yo‘nalishidagi faoliyat yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot jarayonida tayanch guruhlari faollarining joylarda iste’molchilar bilan ishlashdagi o‘rni, aholi o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish va iste’molchilik madaniyatini yuksaltirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidagi muhim tashkiliy masalalardan biri — O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasiga vakillar saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilish yakunida tuman hududida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, tayanch guruhlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Отправить комментарий