Qo‘shtepada ta’lim sohasi xodimlariga e’tibor va ehtirom ko‘rsatildi
«Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan Qo‘shtepa tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tuman hududidagi ayrim ta’lim muassasalarida bo‘lib, soha xodimlari bilan uchrashdilar.
Uchrashuvlar davomida ta’lim sohasida mehnat qilayotgan, shuningdek, Federatsiyaning faol a’zolari sifatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirishda munosib ishtirok etib kelayotgan ustoz va murabbiylarga alohida ehtirom ko‘rsatildi.
Tuman jamiyati mas’ullari tomonidan faol a’zolarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning jamoatchilik asosidagi faoliyati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi ishtiroki e’tirof etildi.
Ta’kidlanganidek, ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos. Ular nafaqat yosh avlodga bilim va tarbiya beradi, balki huquqiy madaniyat, mas’uliyat va jamiyat manfaatlariga daxldorlik kabi muhim fazilatlarni shakllantirishda ham katta hissa qo‘shadilar.
Bunday e’tibor va rag‘bat Federatsiyaning faol a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yanada faollikka undash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi jamoatchilik harakatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan yana bir bor muborakbod etamiz! Ularning sharafli va mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!



Отправить комментарий