Hech kim mehrdan chetda qolmasin

Hech kim mehrdan chetda qolmasin

Bugun mamlakatimizda koronavirus tarqalishini oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish, hududlarda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasida olib borilayotgan tezkor chora-tadbirlarga oz bo`lsada hissa qo`shish maqsadida Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi va uning tarkibidagi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan #mehr_ulashamiz aktsiyasi doirasida yana bir tashabbusga qo`l urildi. Unga ko`ra, viloyatda O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar ixtiyoriy ravishda bir kunlik ish haqlarini “O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o`tkazib berdilar.
Shu kunga qadar ham koronavirus kasalligini tarqalishini oldini olish bo‘yicha tizimimiz tashkilotlari tomonidan bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi, — deydi hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliyev. — Hududiy birlashma tomonidan Farg‘ona shahar aholisiga tibbiy niqoblar tarqatish, keyinchalik Quvasoy shahri, Toshloq, Qo‘shtepa va Uchko‘prik tumanlarida ushbu aktsiyani davom ettirilishi, shuningdek Qo‘qon shahri va Oltiariq tumanlarida kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar moddiy yordamlar ko‘rsatilganligi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Joylarda Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan xayriya tadbirlari davom ettirilmoqda.

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Отправить комментарий