Federatsiya keng jamoatchilikka chaqiriq bilan chiqdi
Federatsiya mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin davrini amaldagi qoidalarga qatʼiy rioya qilgan holda, tartibli o`tkazib olish uchun xayr-sahovatli bo`lish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan qatlamiga amaliy yordamlar ko`rsatish borasida keng jamoatchilikka chaqiriq bilan chiqdi. Unda jumladan shunday deyiladi:
«Hukumatimiz tomonidan koronavirus tarqalishini oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish, hududlarda sanitar-epidimologik osoyishtalikni taʼmilash borasida olib borilayotgan tezkor chora-tadbirlarga ko`maklashish maqsadida, O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Mehr ulashamiz” loyihasi tashkil etilgan.
Loyiha doirasida, ichki isteʼmol bozorida oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollari narxlarining asossiz ravishda oshib ketmasligi choralarini ko`rilishida vakolatli davlat organlariga ko`maklashish maqsadida tashkil etilgan “Jamoatchilik nazorati” ishchi guruhlariga 600 nafar tajribali mutaxassislar jalb etilgan.
Bugungi kungacha Federatsiyaning hududiy tuzilmalari tomonidan aholiga 241 ming dona tibbiyot niqoblari, 6920 dona antiseptik vositalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj 324 nafar oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi, shuningdek loyiha doirasida Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi xodimlarining bir kunlik ish haqlari “Mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi”ga o`tkazib berilib, bu ezgu tashabbus butun Federatsiya tizimida davom ettirilmoqda.
O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tadbirkorlar, yirik kompaniya va jamg`armalar, tashabbuskor guruhlar, volontyorlar, faollar va NNT vakillarini karantin davrida yordamga muhtojlar (yolg`iz keksalar, nogironlar, boquvchisini yo`qotganlar va kam taʼminlangan oilalar)ga ko`maklashish va koronavirusga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish yo`lida hukumatga ko`maklashishga chaqiradi».
Hududiy birlashma Аxborot xizmati
Отправить комментарий