Tushunmovchilik bartaraf etildi
— Murojaat qilishimdan maqsad, mening uyimda Samsung kompaniyasining muzlatgichi bor edi. Bu muzlatgich bir hafta oldin ishlamay qoldi. Bu masalada keyin Farg`ona viloyat Samsung servisiga murojaat qildim, ustalar kelib muzlatgichimni platasini olib ketishdi, — deydi M.Tuxtayeva O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ishonch telefoniga qilgan murojaatida. – Yangisiga buyurtma berib qo`ydik, kelsa olib kelib beramiz deyishdi. To`lovini qachon bajaray desam, ular buyurtmangiz kelganida to`laysiz deyishgan edi. Keyin har kuni xabar olib turdim, ular kutib turing kelib qoladi deyishdi. O`zimning ustamni chaqirib tekshirtirsam, usta menga muzlatgich platasini qaytarib oling sizda turishi kerak u deganiga, servisdan qaytarib oldim. Hozirda servisga qo`ng`iroq qilib so`rasam, ular menga buyurtma berilmagan hali, to`lovni bajarsangiz buyurtma qilinadi deyishayapti. Keyin boshqa qo`ng`iroqlarimga javob berishmayapti (Istemolchi murojaatidan so`zma-so`z olindi).
Murojaatni tegishliligi bo`yicha Marg`ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o`rganib chiqilishi jarayonida quyidagilar ma’lum bo`ldi:
Muzlatgich 3 yillik kafolat muddati bilan 2015 yilda sotib olingan. Ayni vaqtda tovarning kafolat muddati o`tib bo`lgan.
Samsung servis markazi Farg`ona viloyati bo`limi rahbari K.Bogoruslantsevning ma’lum qilishicha, iste’molchi 2020 yilning may oyining ikkinchi o`n kunligida o`zining foydalanuvida bo`lgan muzlatgichni ishlamay qolganligi yuzasidan markazga murojaat qilgan. Iste’molchining xonadoniga borgan markaz ustalari muzlatgich platasi kuyganligini, uni almashtirish kerakligini, muzlatgichga belgilangan kafolat muddati o`tganligi bois ehtiyot qism pulli asoslarda qo`yib berilishini aytganlar. Iste’molchi bunga rozilik bildirgan. Shundan so`ng plata markazga olib kelinib, Toshkent shahridagi bosh ofisga yangi ehtiyot qism masalasida murojaat qilingan. Lekin hozirgi kunda mamlakatimizda davom etayotgan karantin tadbirlari sabab ehtiyot qismni Toshkent shahridan yetib kelishi biroz kechikkan.
Iste’molchining murojatini o`rganish davomida muzlatgichga yangi plata o`rnatildi. Markaz tomonidan iste’molchiga yetkazilgan noqulaylik va o`rtada kelib chiqqan tushunmovchilikni bartaraf qilish maqsadida 3 oy kafillik bilan o`rnatiladigan ehtiyot qismga bir yillik kafillik belgilanib, muzlatgich soz holatga keltirib berildi.
A’zamxon Maxammadiyev
Marg`ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий