Kunning asosiy mavzusi
Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi kuzatilayotgan hozirgi davrda mamlakatimizda mazkur kasallik tarqalishini oldini olish, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash borasida Respublika maxsus komissiyasi rahbarligida aniq chora-tadbirlar belgilanib, tizimli ishlar olib borilmoqda. Hududlarda kasallanish holatlarini kuzatilmayotganligi va boshqa bir qator ko`rsatkichlardan kelib, joylarda karantin talablari asta-sekinlik bilan yumshatib borilmoqda.
Аlbatta, yurtimizning ayrim hududlarida karantin talablari yumshatilishi zaruriy ehtiyotkorlik choralarini, bu boradagi tartib-qoidalarni unutib qo`yishni bildirmaydi. Hozirgi kunda aholi orasidan ham kasallanish holatlarini qayd qilinayotganligi fuqarolarimizdan niqobli tartib va ijtimoiy masofani saqlashga, antiseptik vositalardan doimiy foydalanishga jiddiy eʼtibor qaratishni talab etmoqda.
Bag`dod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tuman hokimining sohaga oid qarori, hamkor tashkilotlar bilan tuzilgan chora-tadbirlar rejalari hamda tegishli buyruqlar asosida, jamoatchilik nazorati tartibida, hududdagi xususiy hamda ijtimoiy dorixonalarda tibbiy niqoblar va antiseptik vositalarning sotuvda mavjudligi, narxi hamda boshqa isteʼmol xususiyatlari tahliliy o`rganib borilmoqda. Shuningdek, mazkur yo`nalishda faoliyat olib borayotgan xodimlar va aholi o`rtasida tibbiy buyumlar va vositalarning yaroqlilik (saqlash) muddatlariga eʼtibor qaratish va sohaga oid amaldagi qonunchilikning boshqa talablariga qatʼi rioya etish borasida ham tushuntirish va targ`ibot ishlari olib borilmoqda.
Dilorom Mirzaeva
Bag`dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий