Nuqsonli tovarni taʼmirlash davrida isteʼmolchiga uyda foydalanib turish uchun berib turilmaydigan tovarlar (video)
#истеъмолчи #истеъмолчи_инфо #савол_жавоб
«Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi qonunning 15-moddasiga ko`ra, uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarni taʼmirlashga ketadigan vaqtda foydalanib turish uchun isteʼmolchining talabiga binoan nuqsonli tovar qaytarib berilganidan keyin uch kun ichida unga ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar berib turiladi (sotuvchining hisobidan uning o`zi yoki vakili eltib beradi). Buning uchun ishlab chiqaruvchi sotuvchi bilan birgalikda shartnoma asosida tovarlarning almashuv fondini nazarda tutishlari shart. Mazkur talablar tatbiq etilmaydigan uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarlar ro`yxatini O`zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.
«O`zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari» (Vazirlar Mahkamasi, 13.02.2003 yil №75) 2-ilovasi bilan «Xaridorning taʼmirlash davrida unga tekin berib turish yoki xuddi shunday marka (model, artikul)dagi tovarni almashtirish to`g`risidagi talabi tatbiq etilmaydigan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar ro`yxati» tasdiqlangan.
Quyida ana shu tovarlar bilan yaqindan tanishingiz mumkin:
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий