Yetkazilgan moddiy zarar qoplab berildi
Ohangaron tumanida istiqomat qiluvchi isteʼmolchi M.Pardaev o`zi tomonidan xonadoni tom qismini yopish uchun sotib olingan shiferlarning maʼlum qismi birinchi yomg`irdan so`ng yaroqsiz holga kelganligi masalasida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Isteʼmolchining murojaatini o`rganish davomida mahsulot “Quvasoy shifer” korxonasida ishlab chiqarilganligi, isteʼmolchi mazkur qurilish materialidan 600 dona xarid qilganligi va jami bo`lib 27 000 000 (yigirma yetti million) so`m to`laganligi maʼlum bo`ldi.
O`tkazilgan o`rganish ishlari natijalari bilan isteʼmolchiga haqiqatda ko`rgan moddiy zarari, yaʼni yaroqsiz holga kelgan 50 dona shifer uchun 2 275 000 so`m pulni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qaytarilishiga erishildi.
Qunduzxon Zakirova
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий