Muammo o`rnida bartaraf etildi
Marg`ilon shahrida yashovchi M.Mamayusupov Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga yaqinda sotib olgan xonadonidagi gaz trubalaridan gaz hidi chiqayotganligi, bu haqda gaz idorasiga murojaat qilishiga qaramasdan tegishli chora ko`rilmayotganligi yuzasidan murojaat qilgan.
Murojaatni o`rganish davomida xonadon isteʼmolchi tomonidan 2020 yil may oyida sotib olinganligi, joriy yilning sentyabr oyiga qadar bu yerda hech kim yashamaganligi, ular xonadonga sentyarb oyining oxirlarida ko`chib kelganliklari maʼlum bo`ldi. Ko`chib kelib yashashlari davomida PG-2 rusumli gaz plitasining shu yerga o`rnatilgan G-1.5 rusumdagi gaz hisoblagich uskunasi bilan tutashgan qismidan gaz hidi chiqayotganligini sezganlar va bu haqda gaz idorasi dispetcherlik xizmatiga maʼlum qilganlar. O`sha vaqtda xonadonga tashrif buyurgan gaz idorasi mutaxassisi tuzatish ishlarini o`tkazish uchun gaz hisoblagich uskunasini plombasini buzishga to`g`ri kelishini aytib qaytib ketgan.
O`rganish ishlari davomida taklif qilingan gaz idorasi ustalari tomonidan holat o`rnida bartaraf etildi. Gaz hisoblagich uskunasini esa moddiy va maʼnaviy eskirganligini inobatga olgan holda, yangi rusumdagisiga almashtirishga kelishib olindi.
Аʼzamxon Maxammadiev
Marg`ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий