Butunjahon sifat kuni

Butunjahon sifat kuni

Butunjahon sifat kuni (angl. World Quality Day) – dunyoning ko`pgina mamlakatlarida har yili noyabr oyining ikkinchi payshanbasida o`tkaziladigan tadbirdir.

Ushbu kunning tashabbuskori BMT ko`magida Yevropa sifat tashkiloti hisoblanadi.

Dunyo jamoatchiligi bu kunni birinchi marotaba 1989 yilda nishonlagan.

Butunjahon sifat kunini nishonlashdan maqsad mahsulot va xizmatlarning yuqori sifatini ahamiyatini oshirish, shuningdek sifat muammosiga eʼtiborni qaratuvchi faoliyatni faollashtirishdan iboratdir. Chunki tovarlarning nafaqat odamlar va atrof-muhit uchun xavfsizligi, balki isteʼmolchilarning talablarini qondira olish darajasi haqida ham qayg`urish lozim.

Sifat muammosi rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida eng dolzarb muammolardan biri sanaladi. Hozirgi sharoitda sifat har qanday korxonaning, har qanday sohaning, va albatta har qanday davlatning faoliyatidagi muvoffaqqiyat kalitidir.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий