Targ`ibot tadbirlari o`tkazib borilmoqda

Targ`ibot tadbirlari o`tkazib borilmoqda

Bag‘dod tumanida targ‘ibot oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot, idora va muassasalarda o‘tkazilib borilayotgan mazkur targ‘ibot tadbirlarida aholi o‘rtasida O‘Zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish nazarda tutilgan.

Sir emas, yurtimizda qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yo‘lga qo‘yish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida bunga alohida e’tibor qaratilgani ham bejizga emas, albatta. Fuqarolarning, shuningdek ularning hohish irodalari va istaklari bilan vujudga kelgan jamoat tashkilotlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli ortib borar ekan, buning jamiyat hayotida kuzatilayotgan ayrim salbiy holatlarning ham oldi olinishiga, ularning takrorlanmasligiga mustahkam zamin yaratiladi.

Bag‘dod tumanining Ittifoq mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, shuningdek 2-Bag‘dod qishloq oilaviy poliklinikasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham yuqoridagi masalalarda o‘zaro fikr-mulohazalar almashilib, ularning bu boradagi takliflari bilan qiziqildi. Shuning bilan birgalikda tadbir ishtirokchilarining iste’molchilik sohasiga oid savollariga to‘laqonli javoblar qaytarildi.

Rasmda 2-Bag‘dod qishloq oilaviy poliklinikasidagi targ‘ibot tadbiridan lavha.

Dilorom Mirzaeva
Bag‘dod tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий