Bag‘dodda targ‘ibot oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Bag‘dodda targ‘ibot oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Bag‘dod tumanida targ‘ibot oyligi tadbirlari bilan nafaqat davlat va jamoat tashkilotlari, balki mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot, idora va muassasalarni qamrab olishga harakat qilinmoqda. Bag‘dod shaharchasi Orzu ko‘chasida joylashgan “Elektromontaj” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.

Korxona rahbar va ishchi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbirda ishtirokchilarga Prezidentimiz Sh. Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati, xususan yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash, fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boqsha institutlari tomonidan jamoatchilik nazorati ishida faol ishtirok etish, davlat dasturlari va qonunlar ijrosini ta’minlashda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalalarida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularni yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Rasmda targ‘ibot tadbiridan lavha.

Dilorom Mirzayeva
Bag‘dod tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий