Mediasavodxonlik — bugungi kunning dolzarb masalasi mavzusida seminar o`tkazildi

Mediasavodxonlik — bugungi kunning dolzarb masalasi mavzusida seminar o`tkazildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasida «15 mart Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni»ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Tadbirda hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarida faoliyat olib borayotgan Matbuot va axborot mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbirning birinchi qismi bugungi kunning dolzarb masalasi mediasavodxonlikka bag‘ishlandi. «Mediasavodxonlik asoslari. Internet va uyali aloqadan xavfsiz foydalanish bo‘yicha xodimlarda bilim va malaka hosil qilish» mavzusida nuqtainazar.uz sayti admini, jurnalist Timur Yuldashev ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida tadbir ishtirokchilariga internetdan xavfsiz foydalanish asoslari bo‘yicha tushuntirishlar berish barobarida, smartfon vositasida video kontent tayyorlash asoslari yuzasidan master klass ham o‘tkazdi hamda tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar ham qaytardi.

Shuningdek, tadbir doirasida hududiy birlashma mas’ullari tomonidan Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan olib borilayotgan ishlarni internet tarmog‘ida keng yoritib borish, bu boradagi materiallarni tayyorlashda e’tibor qaratilishi shart bo‘lgan jihatlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilar «O‘zstandart» agentligining viloyatdagi boshqarmasida bo‘lib, bu yerda iste’molchilarga ichki bozorda sotilayotgan mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning xavfsiz bo‘lishi, tegishli sifatda bo‘lishini ta’minlab berilishi borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий