Xalqaro bayram sport tadbiri bilan nishonlandi
Rishton tuman iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatining 2021 yil asosiy faoliyatlari rejasiga ko‘ra hamda 15 mart “Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni” munosabati bilan tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarruyidagi 10, 18, 27, 32, 43, 51, 58 — umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida sport tadbiri tashkillandi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur musobaqa 18-umumta’lim maktabida 56 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Musobqa natijalariga ko‘ra mezbonlar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsalar, 10-umumta’lim maktabi jamoasi ikkinchi, 27-umumta’lim maktabi jamoasi uchinchi o‘rinlarni zabt etdilar.
Yakunda musobaqa g‘oliblari sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan ta’sis etilgan “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldilar.
Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий