Hududiy birlashma raisining sayyor qabuli o‘tkazildi

Hududiy birlashma raisining sayyor qabuli o‘tkazildi

Federatsiya tizimida har oyning ikkinchi o‘n kunligida tizim rahbarlarining joylarda aholi bilan yuzma-yuz muloqotlari o‘tkazib borilishi an’ana tusiga kirgan.

Bugun hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliev aholi muammolarini o‘rganish, shuningdek Federatsiya tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan «Huquqiy maslahat markazi» loyihasi bo‘yicha tashkiliy masalalarni kelishib olish maqsadida Oltiariq tumanining Yangiqo‘rg‘on va Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.

Sayyor qabul doirasida aholining iste’molchilik sohasiga oid masalalardagi bir necha muammolari joyida hal etilishiga erishildi hamda aholi tomonidan bildirilgan ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий