Tabriklaymiz
Bugun viloyat hokimligi tomonidan Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bayram tantanalari doirasida tashkillangan taqdirlash marosimida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Ahrorjon Asqaraliyevich Raxmonaliev “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Shu kuni hududiy birlashma matbuot va axborot sektori boshlig‘i G‘ayratjon Mamatqulov ham yuqoridagi esdalik nishoni bilan taqdirlanib, Federatsiyaning viloyatimizdagi tizim tashkilotlarida mehnat faoliyati olib borayotgan hamda esdalik nishoni bilan taqdirlangan xodimlar soni 8 nafarni tashkil qilmoqda.
Taqdirlangan qolgan xodimlar bilan tanishing:
Ibragimov Shukurali Junaydullayevich – Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi;
Xamidov Adxamjon Yoqibjonovich – Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi;
Muxamov Sherzod Umaraliyevich – Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi;
Yigitaliev Asrorjon Abdurazaqovich – Buvayda tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi.
Mirzaumarov Ergashboy Qodirovich – Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi;
Sobirov Abror Ilxomovich – Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий