Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida!
Hurmatli iste’molchilar!
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirilgach (xizmatlar uchun pul to‘langach), xaridorga (mijozga) qaytimni turli tovarlar (saqich, konfet, qurut, gugurt va boshqalar) tarzida emas, balki naqd pulda qaytarilishi masalasida A3 formatdagi plakat tayyorlandi.
Bugungi kunda mazkur plakat viloyatimiz hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga bepul asoslarda tarqatilmoqda va joylashtirilmoqda!
Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida!
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий