Oltiariqda ham tuman jamiyatining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Oltiariqda ham tuman jamiyatining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Oltiariq tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda jamiyat ijro etuvchi apparati xodimlari, tayanch guruhlari rahbarlari va hududiy birlashma vakillari qatnashdilar.

Umumiy yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra unda ikkita masala ko‘rib chiqildi. Kun tartibining birinchi masalasi — Oltiariq tuman jamiyatining 2016-2020 yillar va 2021 yilning o‘tgan davridagi faoliyati yuzasidan jamiyat raisi, tuman Kengashi deputati Baxtiyor Abduraxmonovning hisoboti tinglandi. Muhokamalarda so‘z olganlar tuman jamiyatining o‘tgan davrdagi hisobotini ma’lumot uchun qabul qilish hamda faoliyat yakunlarini qoniqarli deb topish yuzasidan taklif kiritdilar.

Yig‘ilishning ikkinchi masalasi doirasida Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasiga vakillar saylash masalasi ko‘rib chiqildi hamda munosib nomzodlar tanlanib, 5 nafar faolning tuman iste’molchilari nomidan viloyat konferensiyasida ishtirok etishlari uchun ishonch bildirildi.

Umumiy yig‘ilishda hududiy birlashma rais o‘rinbosari-ijrochi direktor D.Fozilov va sektor boshlig‘i O.Millaboevlar ishtirok etdilar hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий