Rishton tuman jamiyati faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Rishton tuman jamiyati faollarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasi oldidan Rishton tumanida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda jamiyat raisi, tuman Kengashi deputati Abrorjon Sobirov 2016-2020 yillar va 2021 yilning o‘tgan davrida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borsida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berib o‘tdi. Ma’ruzadan so‘ng olganlar o‘z tashkilotlari hamda tuman jamiyati o‘rtasida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik, ishchi xodimlarning iste’molchilik huquqiy bilimlari va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish yo‘nalishidagi ishlarga ijobiy baho berib, bu boradagi o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Umumiy yig‘ilish viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasiga vakillar saylash to‘g‘rsidagi masalani ko‘rib chiqish bilan o‘z ishini tamomladi.

Umumiy yig‘ilish ishida hududiy birlashma rais o‘rinbosari-ijrochi drektor D.Fozilov va sektor boshlig‘i O.Millaboevlar ishtirok etdilar.

Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий