Qarzdorlik summasiga aniqlik kiritib berildi

Qarzdorlik summasiga aniqlik kiritib berildi

Namangan shahar Davlatobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro E.B.ning murojaati kelib tushgan.

Murojaatda bayon etilishicha, E.B. 2017-yildan buyon suv oqava tashkiloti xizmatlaridan foydalanib keladi. U byudjet tizimidagi tashkilotda ishlagani sababli to‘lovlar ish haqidan muammosiz o‘tib kelgan. Hozirga kelib esa unga “Namangan suv ta’minoti” MChJ tomonidan 443000 so‘m qarzdorlik belgilangan. Iste’molchi ana shu muammoga oydinlik kiritib berilishida amaliy yordam so‘rab tuman jamiyatiga murojaat qilgan.

Ushbu murojaatga asosan “Namangan suv ta’minoti” MChJ xodimlari hamkoligida o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida E.B. xonadonidagi ichimlik suvi uchun to‘lovlarni billing bazasi bilan solishtirilganda 1031-tartib bo‘yicha o‘tkazilgan ayrim mablag‘lar ro‘yxatga tushmay qolganligi aniqlanib, “Shahar suv ta’minoti” MChJ dan 60000 so‘m va «Davlatobod suv taminoti» MChJ dan 126000 so‘m, jami bo‘lib 186000 ming so‘m mablag‘lar fuqaroning shaxsiy hisob raqamiga qayta yo‘naltirib berilib, iste’molchiga haqiqatda yuzaga kelgan qolgan qarzdorlik summasini bartaraf etishi tushuntirildi.

Sobirova Shoxsanam
Davlatobod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий