Qonunchilik asoslarini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib borilmoqda

Qonunchilik asoslarini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib borilmoqda

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari huddudagi ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni davom ettirib, ushbu tadbirlar doirasida 7-umumta’lim maktabida ham targ‘ibot tadbiri o‘tkazdilar.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganamiz” mavzusida o‘tkazilgan mazkur tadbirda shahar jamiyati mutaxassislari ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, bugungi kunda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий