Tayanch guruhlari faollari umumiy yig‘ilishi

Tayanch guruhlari faollari umumiy yig‘ilishi

Federatsiya kengashi qaroriga asosan hududlarda tuman (shahar) jamiyatlari tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazilishi belgilanganligi haqida xabarlar berib boryapmiz. Kengash qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ham tayanch guruhlari faollari yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibidan Federatsiyaning yangi tahrirdagi ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasi, viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari konferensiyasiga vakillar saylash masalalari o‘rin oldi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni atroflicha ko‘rib chiqib, tegishli qarorlarni qabul qildi hamda viloyat konferensiyasiga vakillarni sayladi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий