Tuman jamiyati mas’ullari tibbiyot tizimi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda

Tuman jamiyati mas’ullari tibbiyot tizimi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda

Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar, joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi tibbiyot muassasalarida tibbiyot xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlarni o‘tkazib bormoqda. Tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasida o‘tkazilgan tadbir shular jumlasiga kiradi.

Mazkur tadbirlarda tuman jamiyati mutaxassislari sohaga oid amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berib bormoqda.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy savdoxonligi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning amaldagi qonunchilik va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati hamda bu boradagi yangiliklar bilan tanishtirish, Federatsiya a’zolarining holidan xabar olish va ularning murojaatlari, amaldagi qonunchilik va tizim faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarini o‘rganishdan iborat.

Tadbirlar doirasida soha xodimlarining qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularning iste’molchilik sohasidagi murojaatlari ham o‘rganib borilmoqda.

Xamidjon Axmedov
Beshariq tuman jamiyati raisi

Отправить комментарий