Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollari bilan hamkorlik

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollari bilan hamkorlik

Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi turli tashkilot va idoralarda ishchi va xodimlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazib borilayotgani haqida xabarlar berib borayapmiz. Tumandagi «Farovon» mahalla fuqarolar yig‘inida ham ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi.

“Iste’molchilik huquqlaringizni bilasizmi?” deb nomlangan tadbir mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida tashkillanib, unda ishtirokchilarga tizimda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berib o‘tildi.

Shuning bilan birgalikda, iste’molchilik harakatining vujudga kelishi va taraqqiyoti, uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’tirof etilishi masalalarida ham ma’lumotlar berib o‘tilib, har yili 15 mart kunida butun dunyoda «Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni» sifatida keng nishonlanishi eslatib o‘tildi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarining iste’molchilik sohasiga oid masalalardagi fikr va mulohazalari tinglanib, ularning savollarga javoblar qaytarildi.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий