«Biz barchamiz iste’molchimiz» shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar davom etadi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan 41-umumta’lim maktabida «Biz barchamiz iste’molchimiz» mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkillandi. Tadbirda maktab mehnat jamoasi vakillari bilan yaqindan yuzma-yuz muloqot olib o‘tkazildi.
Maktabning pedagog xodimlariga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslarini tushuntirish va targ‘ib qilish barobarida, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning quyi tuzilmalari tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ham axborotlar berildi.
Maktab jamoasiga barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqqan holda, kundalik turmush jarayonida iste’molchilik masalasida muammolarga duch kelganda, iste’molchilik huquqlari buzilganda Federatsiyaning markaziy apparati va joylardagi ijro etuvchi apparatlariga murojaat qilish tartiblari, ular uchun bu borada yaratilgan qulayliklar tushuntirilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий