Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning holidan xabar olinmoqda

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning holidan xabar olinmoqda

Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi tashkilotlari tomonidan joylarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish borasidagi ishlar o‘rganishdan o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabarlar berib boryapmiz. Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan ham mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hududida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yilning 12 oktyabrida “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 638-son qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur qaror bilan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish shakllarini o‘z ichiga olgan bir qator nizomlar tasdiqlangan. Shulardan biri “Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”dir. Ushbu Nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibini belgilab bergan bo‘lib, doimiy yoki vaqtincha umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari va bu boradagi davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qatnay olmaydigan bolalar uchun ta’lim berishni tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Bugun Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassislari o‘rganishlar doirasida 4 va 18-umumta’lim maktablarida bo‘lishib, ushbu maktablar otalig‘idagi yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning holidan xabar oldilar.

Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi

Отправить комментарий