Qo‘shtepada ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qo‘shtepada ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qo‘shtepa tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-may «Xotira va qadrlash kuni» umumxalq bayrami arafasida «Xotira aziz — qadr muqaddas» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Farg‘ona davlat universiteti professori, iqtisod fanlari doktori 96 yoshli Ahmadali G‘ofurov ishtirok etib, yoshlarga urushning salbiy oqibatlari, uni xalqimiz boshiga keltirgan musibatlari, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, mustaqillik ne’matini qadrlash, bugungi tinch-omon kunlarga shukronalik borasidagi o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tadbir doirasida urush veteraniga tuman hokimligi, tadbir bo‘lib o‘tgan maktab hamda tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan ehtiromlar ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari hadya qilindi.

Ma’rifatxon Saidova
Qo‘shtepa tuman jamiyati raisi

Отправить комментарий