Fikr-mulohazalar tinglanib, takliflar organilmoqda

Fikr-mulohazalar tinglanib, takliflar organilmoqda

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumaladan, hududdagi tayanch guruhlari faollari va a’zolari bilan uchrashilib, ular ishtirokida ochiq muloqotlar shaklidagi tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun 1-sonli kasbga o‘rgatish markazi va 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham ana shudany formatdagi tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda tayanch guruhlari rahbar va a’zolari bilan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan hamkorlik hamda mazkur hamkorlikni kelgusi istiqbollari yuzasidan, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini, shuningdek aholining murojaatlari bilan ishlash borasidagi ishlarni son va sifat jihatidan yanada yaxshilash yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

Hozirda tumandagi boshqa tayanch guruhlarida ham yuqoridagi kabi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettirilmoqda.

Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий