Dehqon bozorlarida o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda
Ichki bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligini amaldagi me’yorlar talablariga mos kelishi, oqibatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida bozorlar qoshida veterinariya-sanitariya ekspertiza (VSE) laboratoriyalari tashkil etilgan bo‘lib, albatta, ularning zimmasiga muayyan vazifalar yuklatilgan.
Jumladan, bozorlar hududiga sotish uchun olib kirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari: go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq, tuxum, meva va sabzavotlar hamda boshqa mahsulotlar sifat hamda xavfsizlik talablariga qay darajada javob bera oladi, degan savolga mahsulotlardan olingan namunalarning ana shu VSE laboratoriyalariga topshirilishi va tegishli tekshirishlardan o‘tkazilishi natijalariga ko‘ra, sotuvchilarga taqdim qilinadigan ma’lumotnomalar javob bo‘lib hisoblanadi.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan tuman hududidagi bozorlarda bu boradagi muammo va kamchiliklarni o‘rganish hamda tegishli takliflarni ishlab chiqqan holda daxldor idoralarga taqdim qilish maqsadida, hududiy birlashma tashabbusi bilan dehqon va oziq-ovqat bozorlari qoshidagi VSE laboratoriyalari faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.
Isomiddin Abbasov
O‘zbekiston tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий