Ishchi xodimlarni iste’molchilik huquqlarini himoya qilish masalalari muhokamalar markazida

Ishchi xodimlarni iste’molchilik huquqlarini himoya qilish masalalari muhokamalar markazida

Federatsiyaning 2022 yil 7 maydagi IT/01-29- sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 18-sonli musiqa maktabi ishchi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda tayanch guruhlari a’zolariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi. Shuningdek, ular mehnat faoliyati olib borayotgan tashkilot hamda tuman jamiyati o‘rtasida uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ishchi xodimlarning iste’molchilik sohasiga oid murojaatlarini tezkorlik bilan qabul qilib olish va qonunlar doirasida ijobiy hal etib borilishini ta’minlash hususida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr va mulohazalar ahm almashildi.

Shu kuni tuman hududidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham xuddi shu mazmundagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий