Qonunchilik targ‘iboti o‘rganish ishlariga qo‘shib olib borilmoqda

Qonunchilik targ‘iboti o‘rganish ishlariga qo‘shib olib borilmoqda

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan hududiy birlashma topshirig‘i asosida shahar hududidagi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar sifati, iste’molchilarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulki uchun zarar yetkazmasligi chora-tadbirlari ko‘rilayotganligi holatlari o‘rganilmoqda.

Bunda jumladan, bozorlar hududiga sotish uchun olib kirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari: go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq, tuxum, meva va sabzavotlar, poliz mahsulotlari hamda boshqa mahsulotlarning amaldagi me’yorlar talablariga javob berishini tasdiqlovchi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining tegishli tartibda arsmiylashtirilgan ma’lumotnomasi mavjudligi kuzatuvdan o‘tkazilmoqda.

O‘rganishlar doirasida sotuvchilar, bozorlar ma’muriyati va VSE laboratoriyasi mas’ullariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti ham olib borilmoqda.

Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi

Отправить комментарий