Kadrlar tayyorlash masalasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Kadrlar tayyorlash masalasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

«Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani va press-tur tashkillandi.

Tadbirda ta’kidlandiki, aksiyadorlik jamiyatida 2022 yilda 997 nafar ishchi, muhandis-texnik xodim, mutaxassislarni malakasini oshirish, qayta tayyorlash hamda 86 nafar ishchi-xodimlarni tayyorlash rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maqsadlar uchun jami 3 milliard 48 million so‘m sarflanishi, shundan malaka darajalarini oshirish uchun yangi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘nalishida 150 nafar, respublika o‘quv markazlarida malaka oshirishga 993 nafar, xorijiy davlatlarda malaka oshirishga 4 nafar, respublika oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash uchun 68 nafar, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga 18 nafar xodimlar yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning o‘tgan yetti oy mobaynida jami 524 nafar ishchi-xodimlar va mutaxassislar yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z malakasini oshirgan. Bugungi kunda «Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyati homiyligida mahalliy va xorijiy oliygohlarda jami 86 nafar talaba tahsil olayotgan bo‘lib, shularning 86 tasi respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalarida, 18 nafari esa xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tayyorgarlikdan o‘tmoqdalar.

Shuningdek, tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari vakillariga oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va bitiruvchilarining «Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyatida amaliyot o‘tashlarini tashkillash yuzasidan hamda korxonada yoshlarga oid davlat siyosati borasidagi qonunchilik ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий