Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz
Bugun Farg‘ona shahridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘tiz bir yilligiga bag‘ishlab «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» mavzusida davra suhbati tashkillandi.
Tadbir viloyat hokimligi va NNTMA viloyat bo‘limi hamkorligida tashkillanib, unda viloyatdagi bir qator nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida so‘z olgan viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Jamshed Muxtorovich Xatamov respublikamizda, xususan viloyatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va roli, nodalat notijorat tashkilotlarining davlat dasturlarini ijrosini ta’minlashdagi ishtiroki, ular tomonidan ishlab chiqilib, hayotga joriy qilinayotgan ijtimoiy loyihalar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mazkur jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonunlari bilan yaratib berilgan huquq va imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish masalalarida ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tib, barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi bayrami munosabati bilan qizg‘in qutladi.
Tadbirning ikkinchi yarmida o‘z faoliyatida muayyan yutuqlarga erishayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning mas’ullari O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi va viloyat hokimligining «Faxriy yorliq» va «Tashakkurnoma»lari bilan taqdirlandilar. «Faxriy yorliq» bilan taqdirlanganlar orasida O‘zbekiston IHHQJ Federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi jamoasi ham borligi esa bizni kelgusi faoliyatimizda yangi-yangi rejalarni amalga oshirishga ruhlantiradi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий