Iste’molchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi

Iste’molchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi X.Abdullayevaning xonadoni uchun sotib olinib, ustalar yordamida xonadon tomiga o‘rnatilgan shiferlardan ayrimlarini oradan ma’lum vaqt o‘tgach yorila boshlaganligi yuzasidan shikoyati o‘rganildi.

Shikoyat muallifiga ko‘ra, ular tomonidan «Quvasoy xrizotil shifer» korxonasida ishlab chiqarilgan 300 dona shiferni har birini 40 ming so‘mdan, jami 12 mln so‘mga sotib olingan. Shiferlar tomga o‘rnatilgach, oradan ma’lum vaqt o‘tgach xonadon egalari shiferlarda yoriqlar paydo bo‘la boshlaganligini sezib qolganlar hamda bu haqda o‘z e’tirozlari bilan korxona mas’ullariga murojaat qilishgan.

Korxonadan tashrif buyurgan mutaxassislar 70 ta shiferda nuqson kuzatilganligi (yorilishlar mavjudligi) hoalti yuzasidan dalolatnoma tuzib, korxona nuqsonli mahsulotlarni almashtirib berishini tushuntirib ketgan. Lekin almashtirish ishlari kechikavergach iste’molchi bu haqda Federatsiya tizimi tashkilotlariga murojaat qilgan.

Shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish vaqtida nuqsonlar jami 100 ta shiferda kuzatilganligi qayd qilindi. Korxona vakili ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganish davomida olib borilgan qayta hisob-kitoblar natijasi bilan esa, korxona tomonidan iste’molchiga nuqsonli 100 ta shifer mahsulotlari uchun 4 mln so‘m, ularni tomga o‘rnatish ishlari sarflangan 2 mln usta haqi, jami 6 mln so‘m moddiy zarar summasi qoplab berilishiga erishildi.

Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий