To‘lov summasi uning qonuniy egasi shaxsiy hisob raqamiga qaytarildi

To‘lov summasi uning qonuniy egasi shaxsiy hisob raqamiga qaytarildi

Rishton tuman iste’molchilar huquqlarni himoya jamiyatiga Chinigaron mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi O.Sheraliyev murojaat qilib, ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan qarzdorlikdan noroziligini bildirib, holatga aniqlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragandi.

Murojaat yuzasidan tuman suv ta’minoti korxonasi mas’ullari hamkorligida iste’molchining ichimlik suvi uchun amalga oshirgan to‘lovlari asosida qayta hisob-kitob ishlari o‘tkazildi. Iste’molchining qo‘lida mavjud to‘lov hujjatlari korxona komp’yuter bazasi ma’lumotlari bilan solishtirilganda, murojaat egasi tomonidan 2021 yilning 5 may kunida to‘lov terminali vositasida amalga oshirilgan to‘lov fuqaroning shaxsiy hisob raqamiga emas, aksincha boshqa iste’molchining hisob raqamiga o‘tib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganuv ishlari doirasida iste’molchi O.Sheraliyev tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning uning shaxsiy hisob raqamiga qaytarilishi natijasida noreal qarzdorlik summasi bartaraf etilishiga erishildi.

Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий